
1 apreldan isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy me’yor 100 kub metrga tushiriladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2024 yildagi 204-sonli qarori bo‘yicha mazkur shkala mart oyida o‘zgarishi belgilangandi. Biroq mart oyida havo haroratining past bo‘lishi va odatdagidan ko‘ra sovuqroq kelishi munosabati bilan davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq, belgilangan 500 kubometr bazaviy me’yor 2025 yil 1 apreligacha uzaytirilgan edi.
Shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirish 1 aprelga rejalashtirilgan edi. Biroq, prezident topshirig‘iga ko‘ra, 1 mayga ko‘chirildi.
1 maydan boshlab elektr energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga, gaz uchun 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar