23:08 / 19.11.2016
10 359

Sh.Mirziyoyev:«Ota yurtingizga xush kelibsiz, janob Erdo‘g‘an»

Sh.Mirziyoyev:«Ota yurtingizga xush kelibsiz, janob Erdo‘g‘an»

Bundan 13 yil ilgari 2003 yilning dekabr oyida Turkiya Bosh vaziri Rejeb Tayyip Erdo‘g‘an ilk marotaba Toshkentga tashrif buyurgan edi, o‘shanda uning O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan birinchi uchrashuvi bo‘lgandi.
Kuni kecha yuksak martabali mehmonni o‘zbek zaminida qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev «Ota yurtingizga xush kelibsiz» deya shirin suhan bildirdi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Oradan shuncha vaqt o‘tibdi, munosabatlarimizda Qo‘qon aravasini g‘ildiragi yurgan doirasi kabi yuksaklik ham bo‘ldi, pastga tushish ham bo‘ldi, rishtalar qish sovug‘idan ham o‘tdi… Turkiyadagi 15-16 iyul mudhish voqealari, ya’ni gullenchilarning davlat tuntaruviga urinishi, O‘zbekistonning o‘z paytida turli oqim va maktablarni kirib kelishiga mon’elik siyosati naqadar to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning fenomeni vaqt o‘tgani sari turli sohalarda namoyon bo‘laveradi. Vaqt o‘tib hamma tushundi, nimaga shunday qilinganini, xususan bizga qo‘shni bo‘lgan davlatlar ham.
Yana nimani ko‘rdim men? Samarqand ziyorati davomida, ayniqsa Hazrat Imom Buxoriy maqbarasiga tashrifi davomida Turkiya Jumhurbashkani, ya’ni Prezidenti ko‘zlarida hayratni ko‘rdim, O‘zbekistonga cheksiz hurmatni ko‘rdim, boy tariximizga katta hurmatni sezdim, O‘zbekiston erishgan yutuqlar e’tirofini ko‘rdim…
Endi bundan buyog‘iga ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi sahifasi ochilgay va go‘zal rishtalar bahori bo‘lgay Inshaallox.
Zotan bunga kuchli xohish va ko‘p imkoniyatlar bor.

Sherzodhon Qudratho‘jaev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh.Mirziyoyev:«Ota yurtingizga xush kelibsiz, janob Erdo‘g‘an»