
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti og‘irlashishidan ogohlantirdi. Vazirlik 19-21 noyabr kunlari hududda noqulay ob-havo sharoiti hukm surishi kutilayotgani haqida fuqarolarga SMS-bildirishnomalar yubormoqda.
«19—21 noyabr kunlari A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan qorning kuchayishi kutilmoqda. Ko‘rish darajasi 50—100 metrgacha yomonlashadi. Shamolning tezligi soniyasiga 20—25 metrni tashkil etadi», — deyiladi vazirlikning SMS-bildirishnomasida.
Qayd etilgan kunlarda Qamchiq dovonida havo harorati pasayib, muzlash ro‘y berishi mumkin.
Haydovchilardan ushbu hududda harakatlanishda ehtiyot bo‘lish so‘ralgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar