date
views 34

Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi

Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi
Toshkent shahrida sinov-tajriba tariqasida ekologik huquqbuzarlikka, shu jumladan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish va aniqlangan huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish uchun “Ekologik patrul” qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi.

Ichki ishlar va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga “Ekologik patrul” qo‘shma bo‘linmasi faoliyatiga rahbarlik qilish vazifasi yuklatiladi.

Bo‘linma rahbari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi, maqomi bo‘yicha tegishli ravishda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshlig‘i lavozimiga tenglashtiriladi.

Bo‘linma rahbarining o‘rinbosari Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi, harbiy xizmatchi hisoblanadi xamda maqomi bo‘yicha tegishli ravishda Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tenglashtiriladi.

Bo‘linma, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Toshkent shahar, Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, 21-uyning binosiga joylashgan holda faoliyat olib boradi.

Ichki ishlar vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 mayga qadar bo‘linmada umumiy xodimlar sonini 100 ta shtat birligida tashkil etadi.

Bo‘linma xodimlarining maqomi mos ravishda davlat ekologik va patrul xizmati inspektorlari maqomiga tenglashtiriladi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq bo‘linma tomonidan:
  • atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
  • tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish uchun ta’sirchan choralarni qo‘llash;
  • aholi punktlari, ko‘chalar, iste’mol bozorlari, yirik savdo majmualari, turizm namoyishi obyektlari va boshqa jamoat joylarining hamda korxona va tashkilotlarning tutashgan hududlarining tozaligi va ekologiya holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
  • huquqbuzarliklarni oldini olish uchun targ‘ibot-tashviqot va profilaktika tadbirlarini olib borish;
  • ekologik huquqbuzarlikka, shu jumladan atmosfera havosi ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat ekologik nazorati kun-u tun amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi