Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida mamlakatimizda axborot-kommunikasiya texnologoiyalarini jadal sur’atlarda joriy etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, deyiladi "Kun" nashrida.
Bugungi kunda har bir sohaga interfaol elektron xizmat turlarini tatbiq etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda aholi, xususan, kichik biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini qabul qilish maqsadida vazirlik va idoralar tizimida “ishonch telefon”lari yo‘lga qo‘yildi. Bu ham aholi, shu jumladan, kichik biznes vakillarining murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan alohida e’tibor samarasida inson, uning sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.
Murojaat etish huquqi shaxsning eng muhim huquqlaridan bo‘lib, u inson huquqlari ta’minlanishi va samarali himoya qilinishining asosiy omillaridan biridir. Shu bois, milliy qonunchiligimizda murojaatlar masalasiga alohida o‘rin berilgan.
Mamlakatimiz Bosh Qonunida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalarga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan.
2014 yildan kuchga kirgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni jismoniy shaxslarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirdi. Shuningdek, ushbu Qonun bilan yuridik shaxslarning ham murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solindi.
E’tiborlisi, Qonunda zamon talablaridan kelib chiqib, elektron shaklda murojaat qilish huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda tegishli idora yoki mansabdor shaxslarga murojaat qilishi mumkin.
Bugungi kunda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali nafaqat ma’muriy binolar, balki davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida ham e’lon qilinayotir. Bu yurtdoshlarimizga yaratilayotgan katta qulaylik bo‘lib, vaqt va mablag‘ni tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Mana shu amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish uchun 2016 yil 27 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va, albatta, bu boradagi sa’y-harakatlar davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifaga aylantirildi.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan isloh qilish, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Murojaatlar bilan ishlashning sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida vazirlikning rasmiy veb-saytida adliya vazirining virtual qabulxonasi ishga tushirildi.
Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun adliya vazirligi faoliyatiga oid murojaatlarni tezkor, qulay va zamonaviy elektron vositalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri virtual qabulxona orqali yo‘llash imkoni yaratildi.
Adliya vazirligi
Axborot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi