
10–11 may kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Andak mahallasining osmonida paraplanerlar parvoz qiladi. Bu yerda xalqaro paraplanerizm festivali bo'lib o'tadi, deb Kursiv Media xabar berdi.
Tadbirda 10 ta mamlakatdan 70 nafar sportchi ishtirok etadi. Festival dasturida paraplanerizm bo'yicha musobaqalar, havo shou, gastronomik ko'rgazma va jonli musiqa chiqishlari rejalashtirilgan.
Festival Urgut tumanida turizmni rivojlantirish va O'zbekistonda ekstremal sport turlariga qiziquvchilarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan.
SamarqandParaplanerizmXalqaro FestivalSportchilar IshtirokiTurizmni RivojlantirishEkstremal Sport O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar