
O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ichki va tashqi sayyohlar oqimini oshirish maqsadida davlat tomonidan yana bir muhim qadam qo‘yildi — modulli mehmonxonalarni qurishga ajratiladigan subsidiyalar miqdori sezilarli darajada ko‘paytirildi. Bu prezidentning “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Modulli mehmonxonalarga 1 martalik subsidiyalar:
2027 yil 1 yanvargacha kamida 10 ta moduldan iborat mehmonxonalarga quyidagi miqdorlarda davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi:
- I toifa uchun – har bir joyga 10 mln so‘m;
- II toifa uchun – har bir joyga 7 mln so‘m;
- III toifa uchun – har bir joyga 5 mln so‘m.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 noyabrgacha barcha toifalar uchun yagona tartibda har bir joyga 1 mln so‘m subsidiya ajratilishi belgilangan edi. Yangi farmonda bu me’yorlar sezilarli darajada kengaytirildi.
Tibbiy turizmga ham jiddiy e’tibor
2028 yil 1 yanvargacha tibbiy turizm klasterlari xodimlarining malaka oshirish xarajatlari bir qismini davlat qoplab beradi.
2030 yilgacha ushbu klasterlar xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot ko‘rgazmalarida faol targ‘ib qilinadi.
Yangi platformalar va g‘oliblar uchun sayohat
2025 yildan boshlab barcha davlat elektron tizimlari Milliy turizm yagona platformasi doirasida birlashtiriladi.
Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” nomli tematik ofis ochiladi.
Yoshlar o‘rtasidagi sport musobaqalari g‘oliblari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmalari bilan rag‘batlantiriladi.
Zamin.uz tahririyatidan:
Ushbu farmon O‘zbekistonda turizmni keng qamrovli islohotlar yo‘liga olib chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Mehmonxona infratuzilmasini kuchaytirish, tibbiy turizmni ommalashtirish va yoshlar sayohatini rag‘batlantirish orqali mamlakat sayyohlar uchun yanada jozibador markazga aylanishi mumkin.
Siz qanday o‘ylaysiz, modulli mehmonxonalar turizm tarmog‘iga qanday samara beradi?
TurizmO‘zbekistonMehmonxonaTibbiy TurizmSport MusobaqalariModulli MehmonxonalarElektron TizimlarSayohatKlasterlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar