
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv juda samimiy ruhda o‘tdi va unda tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni kelgusida yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qo‘llab-quvvatlash va yangiliklarni joriy etish kabi bir qator muhim yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Baxtiyor Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, muzokaralar yakunida O‘zbekiston Hukumati hamda ICESCO o‘rtasida harakatlar rejasi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
2025 yil — Samarqand uchun tarixiy fursat
Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri – Samarqandning 2025 yilda Islom dunyosi madaniyat poytaxti sifatida tan olinishi bo‘ldi. Bu maqom shahar uchun katta nufuz va xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlash imkonini beradi.
Aytish joizki, bu tashabbus O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yanada namoyon qilish, milliy merosimizni keng targ‘ib etish va turistik salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga ko‘ra, yaqin kelajakda Samarqandda bir qator xalqaro anjumanlar, madaniy tadbirlar va ilmiy forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu orqali shahar faqat tarixiy emas, balki zamonaviy ma’rifat markazi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonning ICESCO bilan munosabatlari faqat rasmiy tashriflar bilan cheklanib qolmay, amaliy hamkorlik yo‘lida ham jiddiy bosqichga o‘tmoqda. Samarqandning madaniyat poytaxti deb e’lon qilinishi esa bu jarayonda muhim burilish bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar