
Butun dunyoga mashhur amerikalik bolalar kardioxirurgi Bill Novik Toshkentga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. 12news.uz resursida xabar berilishicha, tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdir.
Bill Novik “Kardioxirurgiya alyansi” a’zosi bo‘lib, hamkasblari bilan birgalikda dunyoning turli qismlarida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazib keladi. U har yili AQShdan tashqarida o‘rtacha 40 hafta bo‘ladi. U AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarning davlat va professional mukofotlari sovrindoridir. Shuningdek, bir necha yil oldin u BMT Bosh Assambleyasida bolalar kardioxirurgiyasi bo‘yicha chiqish qilgan edi.
Manba: www.kun.uz
Amerikalik BolalarBill NovikToshkent TashrifiKardioxirurgiya AlyansiO‘zbekiston HamkorlikJarrohlik Amaliyotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing