
O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkasiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
"2016 yilning 21-25 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkasiya komissiyasining navbatdagi 54-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur majlisda ikki mamlakat Hukumat delegasiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkasiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirishdi.
Muzokaralar davomida 2016 yilda bajarilgan demarkasiya ishlarining yakunlari sarhisob qilindi hamda 2017 yilda bo‘lajak ishlar ko‘lami kelishildi.
Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi", — deyilgan xabar matnida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar