22:59 / 27.11.2016
6 978

Toshkentda yana 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi

Toshkentda yana 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvida shaharda jamoat transportidan foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

Uning fikricha, bu borada avtobus, metro va boshqa turdagi jamoat trto‘xtalib o‘tdiansportlarining faoliyatini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

«Shundan kelib chiqqan holda, kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard so‘m bo‘lgan 4ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shaharda serqatnov, tirband hududlar bo‘yicha 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Har yili katta va o‘rta sig‘imdagi 100ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjet hisobidan 335 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi», – degan Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Toshkentda 145ta avtobus yo‘nalishi mavjud bo‘lib, poytaxt avtoparkida 671ta Mercedes va 761ta Isuzu markali avtobus bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yana 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi