date
views 339

Olmazorda ikki yosh yigit o‘rtasida janjal: sababi nima bo‘ldi?

Olmazorda ikki yosh yigit o‘rtasida janjal: sababi nima bo‘ldi?
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanida yuz bergan shov-shuvli holat — ikki fuqaro o‘rtasidagi janjal aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hodisa joriy yilning 6 iyun kuni soat 17:00 lar atrofida, Sag‘bon mahallasidagi 1-berk ko‘chada sodir bo‘lgan.

Tafsilotlarga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan U.E. tanishi — o‘sha yili tug‘ilgan M.A. bilan og‘zaki tortishuvga kirishgan. Muloqot keskin tus olib, o‘zaro janjalga aylangan. Voqea joyida bo‘lgan fuqarolar o‘rtalashib, ularni ajratishga muvaffaq bo‘lishgan. Yaxshiyamki, hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi — “Mayda bezorilik” bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Holat bo‘yicha qonuniy baho berish uchun materiallar Olmazor tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga topshirildi.

Mutasaddilar jamoatchilikka murojaat etib, bunday holatlardan saqlanish va o‘zaro hurmatni saqlashga da’vat etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Olmazorda ikki yosh yigit o‘rtasida janjal: sababi nima bo‘ldi?