date
views 9 047

Samarqandda fojea: kamera o‘rnatmoqchi bo‘lgan ishchilar tok urib vafot etdi

Samarqandda fojea: kamera o‘rnatmoqchi bo‘lgan ishchilar tok urib vafot etdi
8-iyun kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida qayg‘uli voqea ro‘y berdi — ikki nafar fuqaro tok urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Kun.uz muxbiriga ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Toyloq tumanidagi «Bog‘izag‘on» mahallasida sodir bo‘lgan. Shu hududda joylashgan savdo do‘koniga kuzatuv videokameralari o‘rnatish bilan shug‘ullanayotgan xususiy firmaning ikki xodimi xizmat vazifasini bajarish paytida baxtsiz hodisaga uchragan.

Ish jarayonida ishchilardan biri metall narvonni havo elektr uzatish tarmog‘i — «Anzur» fideriga tegizib yuborgan. Bu esa kuchli elektr razryadi kelib chiqishiga va har ikki xodimning tok urishi oqibatida jon berishiga sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar fojeaga nimalar sabab bo‘lganini aniqlash, mas’ul shaxslarni belgilash va bu kabi holatlar oldini olish yuzasidan choralar ko‘rish ustida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi holatlar inson hayoti uchun juda katta xavf tug‘diradi. Mutaxassislar texnik vositalar bilan ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Inson hayoti eng oliy qadriyat. Bunday qayg‘uli holatlar yana qaytarilmasligi uchun barcha sohalarda xavfsiz mehnat muhitini yaratish dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda fojea: kamera o‘rnatmoqchi bo‘lgan ishchilar tok urib vafot etdi