
Xorazm viloyatidagi xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvand modda — opiyni noqonuniy aylanmadan fosh etishga qaratilgan tezkor tadbir muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi ma’lum qilishicha, tadbir davomida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro shubha ostiga tushgan. U boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi orqali qariyb 50 kilogramm — aniqrog‘i, 49 kg 599 gramm opiy moddasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga olib kelayotgan paytda ushlangan.
Aniqlanishicha, giyohvand modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li orqali O‘zbekistonga olib kirilgan va Xorazm viloyati hududida sotilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur modda yuk mashinasining maxsus yashirilgan qismida joylashtirilgan bo‘lgan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalarini qonuniy muomalasi qoidalarini buzish”) va 273-moddasi 5-qismi (“Juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash, tashish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qaroriga binoan ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, tergov doirasida uning ehtimoliy jinoiy sheriklarini aniqlash va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz tahririyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu kabi yirik miqdordagi giyohvandlik jinoyatlariga qarshi amalga oshirilayotgan ishlarni yoritishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar