
O‘zgidromet ertaga, 26 iyun kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Toshkent shahri
Havo biroz bulutli, vaqi-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-23°C, kunduzi 31-33°C bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21°C, kunduzi 28-33°C bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°C, kunduzi 30-35°C bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°C, kunduzi 30-35°C bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°C, kunduzi 21-26°C bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar