
1-iyuldan Toshkentdan Chorvoq yo‘nalishi bo‘yicha yangi 1226-raqamli avtobus yo‘lga qo‘yiladi, deb Nova24.uz xabar berdi.
“Metro Mashinsozlar — Chorvoq” yo‘nalishida zamonaviy MAN turist avtobuslari xizmat qiladi. 47 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan ushbu avtobuslar konditsioner va qulayliklarga ega bo‘lib, uzoq masofa uchun moslashtirilgan.
Yo‘l haqi 25 000 so‘m. To‘lovni naqd yoki bank kartasi orqali amalga oshirish mumkin.
Harakat jadvali:
. Har kuni soat 06:00 da “Mashinsozlar” metro bekatidan birinchi reys jo‘naydi
. Avtobuslar har 1,5 soatda harakat qiladi
. Yo‘l vaqti — 1 soat 30 daqiqa
. Chorvoqdan so‘nggi reys 20:30 da chiqib, Toshkent metrosiga 22:00 da yetib boradi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar