O‘zbekiston hukumati 2017-2020 yillarda Toshkent metrosi qurilishini davom ettirish uchun 295 mln dollar ajratadi, deb xabar qilmoqda Kun nashri.
Xususan, poytaxt erosti transport tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida uzunligi 10 km bo‘lgan 8ta bekatdan iborat ikkita loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihalar Davlat byudjeti va O‘zbekiston qayta tiklash va taraqqiyot fondi hisobidan moliyalashtiriladi.
Bugungi kunda Toshkent metrosi Yunusobod yo‘nalishining ikkita bekatini qurib foydalanishga topshirish ishlari katta sur’atlarda olib borilmoqda. Bundan tashqari, Sergeli tumaniga olib boruvchi erusti "yengil" metrosini qurish ishlari boshlab yuborilgan. U 6ta stansiyadan iborat bo‘ladi. Shuningdek, yaqin yillar davomida shahar metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borish, 30ga yaqin bekat qurish rejalashtirilgan. Jumladan O‘zbekiston yo‘nalishini poytaxtdagi eng yirik bozorlardan biri "Qo‘yliq"gacha davom ettirish belgilangan. Chilanzor yo‘nalishi esa "Buyuk Ipak Yo‘li"dan keyin yana 3ta bekat bilan to‘ldiriladi.
Shu bilan birga, yaqin yillarda Toshkent metrosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga doir choralar ko‘rilishi mumkin. Hozirda, mamlakat hukumati nafaqaxo‘rlarga 2017 yildan metrodan bepul foydalanishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Tig‘iz vaqtlarda turli noqulayliklarga sabab bo‘lmaslik maqsadida keksa kishilar kunduzi 10:00 dan 16:00gacha bepul yurish imkoniga ega bo‘lishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi