Xitoy xalq Respublikasidan yurtimizdagi muhim siyosiy jarayonni kuzatish uchun tashrif buyurgan Syuy Tao janobi ham bugungi kun bayram kabi o‘tayotganini alohida e’tirof etdi.
— Men O‘zbekistondagi saylov jarayonini kuzatish jarayonida Andijonga tashrif buyurdim. U erda komissiya a’zolari bilan uchrashdik. Barchasi bugungi muhim siyosiy jarayonga sidqidildan xizmat qilmoqda. Bugun ertalab esa Toshkentdagi 14-saylov okrugiga tashrif buyurib, komissiya a’zolarining faoliyati talab darajasida tashkil etilganiga guvoh bo‘ldim. Har bir saylov uchastkasida tashkil etilgan ona va bola xonalari, tibbiy yordam ko‘rsatish xonalari e’tiborimni tortdi.
Men kuzatishlarim jarayonida saylov komissiyasi a’zolaridan tashkil etilgan tibbiy yordam xonalariga murojaat qilganlar bo‘ldimi, degan savol bilan murojaat qildim. Birorta ham ko‘ngilsiz holat kuzatilmaganini ta’kidlashdi. Ertalab soat 8 dayoq ro‘yxatga kiritilganlarning 50-55 foizi ovoz berib bo‘lgandi.
Komissiya a’zolarining kiyinishi ham mening e’tiborimni tortdi: liboslarda milliylik ifoda etilgan. O‘zbekiston xalqi kelajagiga ishonadi, ana shu ma’noda saylovda ishtirok etib ovoz berishmoqda.
O‘zbekiston xalqi bilan saylov kuni ro‘para kelsam, har biridan albatta bayram bilan deya tabriklashganiga guvohi bo‘ldim. Yana bir alohida e’tiborli jihat shuki, barcha saylovchilar kundalik yumushlarini ikkinchi darajaga qoldirib, avval ovoz berishga borishganidir. Garchi mening ovoz berish huquqim bo‘lmasa-da, ko‘kragimga “Men ovoz berdim, siz-chi?” degan shior yorliq yopishtirishdi. Bu O‘zbekiston kelajagi buyukligidan dalolatdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi