Shaharlararo avtobuslarga har bir yo‘lovchi uchun subsidiyalar beriladi

Qisqacha
O'zbekistonda shaharlar va viloyatlar o'rtasida qatnovchi avtobus va mikroavtobuslarga har bir yo'lovchi uchun subsidiya beriladi. Bu masala prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig'ilishida ko'rib chiqildi. Avtobuslar uchun utilizatsiya yig'imi va jamoat transporti bo'yicha bojxona to'lovlari imtiyozlari yana 3 yilga uzaytirilib, ular mikroavtobuslarga ham tatbiq etiladi.
O‘zbekistonda shaharlar va viloyatlar o‘rtasida qatnovchi avtobus va mikroavtobuslar har bir yo‘lovchi uchun subsidiya oladi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Bu masala prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, avtobuslar uchun avval joriy etilgan utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirildi. Endilikda bu imtiyozlar mikroavtobuslarga ham tatbiq etiladi.
Jamoat transporti uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar ham 3 yil davomida amal qiladi. Avval bunday imkoniyat faqat turistik avtobuslar va mikroavtobuslarga taalluqli edi.
Bu imtiyozlardan foydalanish uchun tadbirkorlar quyidagi 2 talabga rioya qilishi shart:
• Harakat jadvaliga qat’iy amal qilish.
• Elektron to‘lov tizimi orqali daromadlarni ochiq ko‘rsatish.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu masala prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, avtobuslar uchun avval joriy etilgan utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirildi. Endilikda bu imtiyozlar mikroavtobuslarga ham tatbiq etiladi.
Jamoat transporti uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar ham 3 yil davomida amal qiladi. Avval bunday imkoniyat faqat turistik avtobuslar va mikroavtobuslarga taalluqli edi.
Bu imtiyozlardan foydalanish uchun tadbirkorlar quyidagi 2 talabga rioya qilishi shart:
• Harakat jadvaliga qat’iy amal qilish.
• Elektron to‘lov tizimi orqali daromadlarni ochiq ko‘rsatish.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…