date

Dam olish kunllari O‘zbekistonda yuqori haroratli issiqlik hukmron bo‘ladi

Dam olish kunllari O‘zbekistonda yuqori haroratli issiqlik hukmron bo‘ladi
Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekiston aholisini yana bir bora chidab bo‘lmas issiqlik kutmoqda. Bu haqda O‘zgidromet maʼlum qilmoqda.

Mamlakat hududiga janubiy tomonlardan juda ham quruq va qattiq qizituvchi havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Bu havo massalari natijasida mamlakatning katta qismida termometr so‘nggi yillarda kuzatilmagan darajalarni qayd etishi mumkin.

Kunduzgi paytlarda havo harorati +40…+43 darajagacha, ayrim holatlarda esa mamlakat janubida va keng cho‘l hududlarida +44…+45 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Bunday issiqlik inson salomatligiga taʼsir qilishi mumkin, ayniqsa yoshi kattalar va bolalar uchun bu yana-da xavfli bo‘ladi.

Shu bilan birga, faqatgina shimoli-g‘arbiy viloyatlarda, yaʼni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida biroz salqinlik his qilinishi mumkin. Xususan, yakshanba kuni bu hududlarda kunduzi harorat +35…+38 darajani tashkil etadi.

Respublika bo‘ylab ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha yetishi, bu esa chang-to‘zonlar va havo ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bu kabi tabiiy hodisalar nafas yo‘llari muammosi bor insonlar uchun noqulay sharoit yaratishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda esa asosan osmon ochiq bo‘lishi kutilyapti. Havo kechasi +24…+27 daraja, kunduz esa +40…+43 daraja atrofida bo‘ladi. Bu degani — shanba va yakshanba kunlari Toshkentda ham yerdan issiqlik ufurib turadi.

Mutasaddilar aholini o‘zini asrashga, shamoldan va quyosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri nurlaridan himoyalanishga chaqirmoqda. Imkoni boricha soya joylarda qolish, ko‘proq suv ichish va ichki muhitni salqin ushlash tavsiya etilmoqda.

Bu issiq kunlarda har bir fuqaro o‘z salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yishi, keraksiz harakatlardan va quyosh taftida yurishdan qochishi zarur. Chunki bunday ob-havo sharoitida hatto bir necha daqiqa ko‘chada yurish ham organizmiga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunllari O‘zbekistonda yuqori haroratli issiqlik hukmron bo‘ladi