
O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga yangi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Yangilangan qarorga ko‘ra, hududlarda yangi lavozim – tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy qilindi. Endi bu rahbarlar xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olishda davlat organlari mas’ullari faoliyatini nazorat qiladi.
Yangi hujjat asosida, agar davlat organlari yoki tashkilotlar zo‘ravonlikka qarshi zarur chora-tadbirlarni bajarmasa, ushbu lavozim egasi mas’ul rahbarlarga huquqiy taqdimnoma kiritadi. Bu orqali qonun buzilishlari va xotin-qizlar huquqlariga tajovuzlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, hujjatda “Psixokorreksiya” tushunchasi ilk bor aniq belgilab qo‘yildi: zo‘ravonlikka moyil shaxslarning shaxsiy kamchiliklarini bartaraf etish va xulq-atvorini jamiyat talablariga moslashtirishga qaratilgan maxsus psixologik va pedagogik chora-tadbirlar majmui joriy etildi.
Endilikda himoya orderlarini berishda vakolatli organlar — mahalliy hokimiyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash organlari, psixologlar va jamoatchilik tuzilmalari tomonidan bir oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilishi shart bo‘lgan chora-tadbirlar ro‘yxatida “tuzatish dasturi”dan o‘tish majburiy hisoblanadi.
Yakuniy xulosa: yangi qaror xotin-qizlarni himoya qilish sohasida tizimli yangilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda aniq mexanizmlar yaratishga qaratilgan. Psixokorreksiya va yangi rahbarlar tizimi esa xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar