16:28 / 08.12.2016
6 691

«Inspektorlar jinoyatni oldini olish o‘rniga, yuqoriga hisobot yozish bilan band»

«Inspektorlar jinoyatni oldini olish o‘rniga, yuqoriga hisobot yozish bilan band»
O‘zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» nomli ma’ruzasida ichki ishlar vazirligi tizimini tubdan o‘zgartirish haqida fikr yuritildi.

«Ayni vaqtda hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlash, xalqimizning kafolatlangan xavfsizligini ta’minlash masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda. Shu maqsadda biz hozirgi vaqtda Ichki ishlar vazirligi tizimini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlarini ko‘ryapmiz.

O‘z paytida muhtaram Yurtboshimiz ichki ishlar organlarining eng quyi tizimida profilaktika inspektorlarini tashkil qilgan edilar. Ammo bugun bu inspektorlar profilaktika, ya’ni jinoyatlarning oldini olish bilan shug‘ullanmayapti, aksincha, sodir bo‘lgan jinoyatlarni ro‘yxatga olish, yuqori idoralarga hisobot yozish bilan band.

Shu sababli bu masalaga qarashimizni tubdan o‘zgartirib, mahalladagi uchastka nozirlariga samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha zarur ish va turmush sharoitlarini yaratib beramiz.

Shuningdek, har bir tuman hokimi va tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Bu rahbarlarning asosiy vazifasi mahallada uchastka inspektorlari bilan ishlashni tashkil etishdan iboratdir.»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Inspektorlar jinoyatni oldini olish o‘rniga, yuqoriga hisobot yozish bilan band»