
Samarqandda navbatdagi rekord darajasidagi tadbir bo‘lib o‘tdi — shahar markazida ulkan qozonda 7 tonnadan ortiq palov tayyorlandi. Taom milliy g‘urur timsoli sifatida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo mehmonlarini ham o‘ziga jalb etdi.
Ushbu gigant palov uzunligi 4,5 metr va balandligi 2 metr bo‘lgan maxsus tayyorlangan qozonda pishirildi. Qozondagi palov uchun jami quyidagi miqdorda mahsulotlar sarf qilindi:
-
1700 kg guruch,
-
1900 kg sariq sabzi,
-
480 kg qizil sabzi,
-
830 kg qo‘y go‘shti,
-
830 kg mol go‘shti,
-
130 kg dumba,
-
350 litr o‘simlik yog‘i,
-
200 kg piyoz,
-
100 kg no‘xat,
-
170 kg mayiz,
-
5 kg zira,
-
3 kg murch,
-
17 kg qoraqand,
-
50 kg tuz,
-
450 litr suv.
Ushbu taomni tayyorlash uchun jami 55 nafar oshpaz – shundan 50 nafari mahalliy, 5 nafari esa xorijlik — o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Ular 5 soat mobaynida birgalikda ishlab, milliy taomimizning barcha mazali qirralarini ochib berishga harakat qilishdi.
Palov tayyor bo‘lgach, 10 nafar mahoratli oshpaz uni 2,5 soat davomida suzib, mehmonlarga havola qildi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat milliy taomlarimizni targ‘ib qiladi, balki turizm va gastronomik merosimizning rivojiga ham katta hissa qo‘shadi. Samarqand o‘zining tarixiy yodgorliklari va endilikda gastronomik mo‘jizalari bilan ham dunyoga tanilayotgani quvonarli.