12:12 / 12.12.2016
12 065

Sh.Mirziyoyev eng kam ish haqi, pensiya va stipendiya miqdorini oshirishni va’da bergan edi…

Sh.Mirziyoyev eng kam ish haqi, pensiya va stipendiya miqdorini oshirishni va’da bergan edi…

Shavkat Mirziyoyevning Konstitusiyamizning 24 yilligi tantanali marosimdagi ma’ruzasida eng kam ish haqi miqdorini va pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oshirish haqida so‘z yuritdi. Sh. Mirziyoyev ushbu masalani saylov oldi dasturida ham ta’kidlab o‘tgan edi. Navbatdagi ma’ruzada u bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini va bu reja e’tibor markazida bo‘lishini aytdi.

Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.

Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak.

Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim.

Shu maqsadda yaqinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z mablag‘larini va xorijiy sarmoyalarni xalqaro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltirishi zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh.Mirziyoyev eng kam ish haqi, pensiya va stipendiya miqdorini oshirishni va’da bergan edi…