date

Yanvar-iyunda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni keskin o‘sdi

Yanvar-iyunda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni keskin o‘sdi

2025 yilning birinchi yarmida mamlakatimiz turizm sohasi yana bir bor ijobiy raqamlar bilan e’tirof etildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylari oralig‘ida 783,7 ming nafar xorijiy fuqaro O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda, 255,1 ming nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 48,3 foizni tashkil etdi.

Turizm bozoridagi raqobat muhitiga qaramasdan, O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotgani bu raqamlardan yaqqol ko‘rinib turibdi. Xususan, 2025 yilning birinchi yarmida yurtimizga kelgan sayyohlar ichida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari mutloq yetakchilik qildi — 166,6 ming kishi. Ularning orqasidan Turkmaniston sayyohlari 123 ming nafar bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Mazkur reytingda kuchli uchlikni Qozog‘iston yakunlab, mamlakatimizga 77,7 ming kishi tashrif buyurdi.

Shuningdek, Qirg‘izistondan 71,6 ming, Tojikistondan 49,1 ming, Xitoydan 39,1 ming sayyoh kelgani qayd etildi. Turkiyadan kelgan mehmonlar soni 29,3 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, Hindistondan 22 ming, Italiyadan 18,6 ming va Janubiy Koreyadan 14,9 ming kishi O‘zbekistonda mehmon bo‘ldi.

Turizm sohasi mutaxassislariga ko‘ra, bunday o‘sish bir necha omillar bilan bog‘liq: vizasiz rejim kengayishi, yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi, xalqaro reklama kampaniyalari va madaniy tadbirlarning ko‘payishi. Shu bilan birga, mamlakatning boy tarixi, betakror me’moriy yodgorliklari va milliy oshxonasi ham xorijiy mehmonlarni o‘ziga chorlab turibdi.

Mamlakat rahbariyati tomonidan turizm salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishi natijasida, 2025 yil yakunida ushbu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Turizm industriyasi vakillari esa bu yil rekord ko‘rsatkichlar qayd etilishidan umidvor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yanvar-iyunda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni keskin o‘sdi