6 587
Andijon–Toshkent poezdining oynasini tosh otib sindirgan bolalarning ota-onasi jazolandi
2016 yilning 2 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi 10 yoshli A.Tursunov va A.Qurbonov sentyabr oyidan qatnay boshlagan Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi poezd oynasiga tosh otib, uni sindirgan. Bu haqda «1news.uz» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.
Poezdni toshbo‘ron qilish holati Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Oltiariq tumanlarida ham qayd etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan bolalarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra jarima solingan.
Bundan tashqari, etkazilgan zararni ota-onalardan undirish bo‘yicha da’vo kiritilgani ta’kidlanmoqda. Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi poezd vagonining bitta oynasi 5 million so‘mdan ortiq turadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati xalq ta’lim boshqarmasi rahbari Z.Teshaboyev o‘quvchilar tomonidan bunday salbiy harakatlar sodir etilmasligi uchun maktab dasturiga bu borada qo‘shimcha dars kiritish lozimligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?