So‘nggi yillarda dunyo miqyosidagi sayyohlik bozorida kuzatilayotgan tendensiya – bu noodatiy, o‘ziga xos va hali keng omma tomonidan kashf etilmagan manzillarga bo‘lgan qiziqishning tobora ortishi hisoblanadi. O‘z navbatida, yurtimizda ham ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida turizm sohasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Turizm qo‘mitasi hamda sohadagi tegishli tashkilotlar hamkorligida mamlakatimizning tarixiy va tabiiy merosini yanada ochib berish, turizm turlarini rang-barang qilish va sayyohlar mamlakatimizda qolish davomiyligini uzaytirish maqsadida yangi yo‘nalish ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalish Buyuk Ipak yo‘lining «Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi» nomi bilan tanilgan bo‘lib, Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarini qamrab oladigan turizm halqasini o‘z ichiga oladi.
Yangi yo‘nalish doirasida tarixiy yodgorliklar, madaniy markazlar, milliy me’morchilik namunalari va tabiiy go‘zallikka boy joylar sayyohlarni kutib olishga tayyorlandi. Mazkur turistik halqa nafaqat yurtimiz mehmonlariga, balki mahalliy sayyohlar uchun ham o‘zgacha taassurot ulashishi mumkin.
Shu bilan birga, yo‘nalish ishga tushirilishi munosabati bilan turizm sohasi vakillariga, ekskursovodlar va turoperatorlarga ushbu yo‘nalish bo‘ylab sayohat dasturlarini tayyorlash tavsiya etilmoqda. Bu nafaqat sayyohlar uchun qulayliklar yaratishga, balki mamlakatimiz turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash kerakki, «Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi» turistik yo‘nalishi Buyuk Ipak yo‘lining yangi va zamonaviy talqini sifatida, bir vaqtning o‘zida ham tarixiy ildizlarimizga qaytish, ham kelajakka qadam qo‘yish imkonini taqdim etadi.
Sayyohlar uchun yangi «Zarafshon–Qoraqum» yo‘nalishi taqdim etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar