Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qilishicha, Uzbekistan Airports AJ tomonidan amalga oshirilgan 6,8 milliard so‘mlik davlat xaridi qonun hujjatlariga zid ravishda o‘tkazilgan.
Hisobotlarga ko‘ra, ushbu xarid “bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmati”ni amalga oshirish bo‘yicha tender shaklida tashkil etilgan.
Biroq tanlov jarayonida qator qonunbuzarlik holatlari kuzatilgan: ishtirokchilar taqdim etgan hujjatlar to‘liq va xolis baholanmagan, o‘zaro bog‘liq va manfaatdor kompaniyalar ishtirok etgan.
Shuningdek, baholash jarayonida bir necha xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Ushbu holatlarni Agentlik maxsus tahlil orqali tasdiqlagan.
Natijada, Agentlik taqdimnomasi asosida tender komissiyasining g‘olibni aniqlash bo‘yicha bayonnomalari bekor qilindi va noqonuniy davlat xaridi oldi olindi.
Jarayon davomida yig‘ilgan barcha rasmiy hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!