2025 yilning 1 iyul holatiga iqtisodiyotda ish bilan band aholi soni 14,6 mln nafarni tashkil etadi.
Ishsizlar soni esa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 800 ming nafar.
Mehnat bozorida qamrab olinmagan aholi, jumladan bolalar, talabalar, nafaqaxo‘rlar va boshqalar soni 22,5 mln, shundan mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan aholi soni 12 mln nafarga teng bo‘ldi.
Markaziy bankning qayd etishicha, mamlakatda aholining doimiy o‘sib borishi va tarkibiy jihatdan yoshlar jami aholining salmoqli qismini tashkil etishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, kelgusida mehnat bozori uchun bosim yaratishi mumkin.
«Xususan, hozirgi mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan aholi asta-sekin mehnat bozoriga qo‘shilib, ish o‘rniga bo‘lgan talabni sezilarli oshiradi hamda bandlik, ish haqi darajasi va iqtisodiy unumdorlikka ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘nggi davrlarda mehnatga layoqatli yoshdagi (15-64 yosh) aholi soni o‘sish sur’atining sezilarli yuqorilashi kuzatilmoqda», – deyiladi Markaziy bank sharhida.
Xususan, o‘sish sur’ati 2022 yildagi 0,8 foizdan 2025 yilning 2-choragida 1,4 foizgacha oshgan.
Bu asosan aholining tarkibiy o‘zgarishi, unda yoshlar ulushining o‘sib borishi va ularning mehnat bozoriga tez kirib kelishi bilan ifodalanadi. Kelgusida ushbu tendensiyaning saqlanib qolishi hamda mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining samarali o‘zlashtirilishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, talab tomondan inflyatsion bosim ko‘payishiga xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekistondagi ishsizlar soni haqida ma’lumot berildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar