O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega yana bir nufuzli tashrif amalga oshmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy taklifi asosida Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25–26 avgust kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelishi belgilangan. Bu tashrif ikki davlat munosabatlari tarixida yangi sahifa ochishi kutilmoqda.
Oliy martabali mehmonning asosiy tadbirlari qadimiy va go‘zal shahar — Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Samarqandning o‘zgacha siyosiy va madaniy ramziy ahamiyati ushbu tashrifni yanada beqiyos qiladi.
Rasmiy dasturda siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilinadi. Shuningdek, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik kabi muhim tarmoqlarda o‘zaro qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalasi kun tartibiga kiritilgan. Madaniy va gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Shu bilan birga, muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashish ko‘zda tutilgan. Bu jarayon ikki mamlakatning nafaqat ikki tomonlama, balki keng mintaqaviy hamkorlikdagi roli ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Muzokaralar yakunida bir qator muhim hujjatlar va ikki tomonlama kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Keng jamoatchilik uchun eng asosiy jihat — bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi va yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Iordaniya podshohi Abdulla II davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar