17:45 / 15.12.2016
11 792

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Bugun 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi sharh.uz.

Unda Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashi deputatlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar qatorida viloyat hokimini tayinlash masalasi ham muhokama etilgan. Viloyat hokimi lavozimiga Babaev Shukrullo Habibullaevich nomzodi ko‘rib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qo‘llab-quvvatlashi bilan bir ovozdan ma’qullangan.

Sh.Babaev bunga qadar Angren shina-rezina zavodida direktor, “Jizzax sement” aksiyadorlik jamiyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

Bunga qadar, O‘zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islamdjan Ergashxodjaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangan edi.

Ergashxodjaevga qadar Toshkent viloyati hokimi lavozimida Sodiq Abdullaev, undan avvalroq esa Ahmadjon Usmonov faoliyat olib borgan.

Xabrlarga ko‘ra, I.Ergashxodjaev hozirga qadar bo‘sh turgan Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi