O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.

Bugun, 26 avgust kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Iordaniya rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.


Kongress markazi binosi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.


Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.


O‘zbekiston prezidenti va Iordaniya podshohi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar