09:41 / 17.12.2016
10 312

Shavkat Mirziyoyev hukumatdagi lavozim o‘zgarishlariga izoh berdi

Shavkat Mirziyoyev hukumatdagi lavozim o‘zgarishlariga izoh berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilgan va nutq so‘zlagan edi. Prezident o‘z nutqida, jumladan, bundan buyon Hukumat va shaxsan uning yangi rahbariyati faoliyati samarasini biz qaysi mezonlar asosida baholanishi, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qanday maqsadda qayta ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishiga izoh berdi.

“Ma’lumki, Konstitusiyamizning 98-moddasiga muvofiq, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning ustuvor vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun javobgarlik Vazirlar Mahkamasi, hukumatning har bir a’zosi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan. Bu, birinchi navbatda, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan yuksak darajadagi shaxsiy mas’uliyatni, shuningdek, ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va to‘liq bajarishni talab etadi, — dedi davlatimiz rahbari. — Shu munosabat bilan bir taklif kiritmoqchiman. Ya’ni, Oliy Majlis palatalarining 2015 yil 23 yanvardagi va joriy yilning 8 sentyabrdagi qo‘shma majlislarida taklif etilgan Vazirlar Mahkamasining harakat dasturini yanada aniqlashtirib, hozirgi talablardan kelib chiqqan holda, unga qo‘shimchalar kiritish lozim. Bu – kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir.

Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining harakat dasturida asosiy diqqat-e’tiborni quyidagi strategik yo‘nalishlarga qaratish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi:

Birinchidan, iqtisodiyotimizda yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizni yanada mustahkamlashni ta’minlash.

Ikkinchidan, mamlakatimiz hududlarini, ya’ni shahar, tuman va mahallalarni, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tuman va shaharlarni kompleks va jadal rivojlantirish.

Uchinchidan, aholining real daromadlarini, turmush darajasi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish”.
O‘zbekiston Prezidentining ma’lum qilishicha, Hukumat va shaxsan uning yangi rahbariyati faoliyati samarasini yuqoridagi mezonlar asosida baholanadi. Shu bois ham shu kunlarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

- “Bunday o‘zgartirishlardan asosiy maqsad – to‘plangan tajriba asosida va mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan keng ko‘lamli yangi vazifalarga muvofiq, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eng optimal va samarali tizimini ishlab chiqishdan iborat, — deydi Shavkat Mirziyoyev. — Ana shu tizim markazida nafaqat iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini, balki, eng avvalo, hududlarni kompleks rivojlantirish va mamlakatimiz barcha fuqarolarining hayotiy manfaatlarini ta’minlashga va ularning daromadlarini ko‘paytirishga doir istiqboldagi muhim vazifalar turishi kerak.
O‘zbekistonning yangi Prezidenti o‘z nutqida Hukumatning oldida markaziy boshqaruv organlari – Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, bojxona tizimi va boshqa idoralar faoliyatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi ham turganini aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev hukumatdagi lavozim o‘zgarishlariga izoh berdi