Toshkent shahrida havo sifati keskin yomonlashib, dunyodagi eng ifloslangan shaharlar reytingida yuqori o‘rinlarni egallashda davom etmoqda. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 6 sentyabr kuni ertalab poytaxt atmosferasida PM2,5 zarrachalari me’yoridan qariyb 1,3 barobar yuqori qayd etildi. Bu ko‘rsatkich 44,6 mkg/m³ ni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi, ya’ni belgilangan standart normadan sezilarli darajada oshib ketgan. Shu bilan birga, atmosferadagi uglerod oksidi miqdori ham 0,58 mg/m³ ni tashkil qilib, havo tarkibidagi ifloslanishning jiddiy darajada ekanligini ko‘rsatdi.
Xalqaro IQAir tizimi tomonidan e’lon qilingan 10:00 dagi reytingda Toshkent dunyodagi eng ifloslangan shaharlar orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi. Poytaxtga 115 indeks berilgan bo‘lib, bu zaif guruhdagi insonlar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassislar esa shunday ta’kid qilishmoqdaki, Toshkentda odatda isitish mavsumida kuzatiladigan yuqori ifloslanish ko‘rsatkichlari endilikda yozning issiq kunlarida ham qayd etilmoqda.
Shu sababli poytaxt aholisi uchun havo sifatiga doimiy e’tibor qaratsh, tashqi havo sharoitlari va shaxsiy muhofaza choralaridan foydalanish tavsiya qilinmoqda. Mutaxassislar, shuningdek, transport, sanoat va isitish tizimlaridan chiquvchi zararli moddalarni nazorat qilishning ahamiyatini ta’kidlaydilar, chunki bu ortiqcha ifloslanishning oldini olishda muhim qadam hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!