date

Sud-ekspertiza tizimida yangi islohotlar va zamonaviy tartiblar joriy etilmoqda

Sud-ekspertiza tizimida yangi islohotlar va zamonaviy tartiblar joriy etilmoqda

Prezident tomonidan «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror imzolandi. Ushbu hujjat orqali sud-ekspertiza tizimida qator yangiliklar amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ixtiyoriy a’zoligiga asoslangan tarzda O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi. Bu tuzilma soha vakillarini birlashtirish hamda ularning kasbiy nufuzini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, nodavlat sud ekspertlarining bilim va amaliy tayyorgarlik darajasini baholash, ularning noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq holatlarni adolatli ko‘rib chiqish maqsadida Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi tartiblarga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab ma’muriy huquqbuzarlik ishlarida advokat so‘roviga ko‘ra shartnoma asosida sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosini tashkil etish huquqi beriladi.

2025-yil 15-dekabrdan fuqarolar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga «Sud-ekspert» portali orqali onlayn tarzda murojaat qilib, ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eng asosiy yangiliklardan biri — 2026-yil 1-yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi ekspertlari obyektlarni ko‘zdan kechirish jarayonida majburiy ravishda bodikamera (mobil videokamera)dan foydalanish tartibi joriy etiladi.

Ushbu islohotlar sohada shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquqlarini mustahkam himoya qilish va sud-ekspertiza xizmatlarining sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sud-ekspertiza tizimida yangi islohotlar va zamonaviy tartiblar joriy etilmoqda