date

Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish bo‘yicha yangi farmon qabul qilindi

Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish bo‘yicha yangi farmon qabul qilindi

Prezident tomonidan «Qishloq xo‘jaligi yerlarida mahsulot yetishtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Ushbu hujjatning asosiy maqsadlari sifatida bir nechta yo‘nalishlar belgilandi. Jumladan, hududiy hokimliklar ixtiyorida bo‘sh turgan yer maydonlarini to‘liq hisobga olish va ulardan unumli foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligiga ajratilgan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Farmonga muvofiq, endilikda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanayotgan ijarachilar o‘zlariga ajratilgan maydonning ma’lum qismini boshqa shaxsga qayta ijaraga berish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, yer egalari va foydalanuvchilari o‘zlariga tegishli yerdan foydalanish va egalik huquqini xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarorlari asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi qoidaga ko‘ra, yerga egalik va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda muddat quyidagicha belgilandi:


  • O‘zbekiston fuqarolari va ular asos solgan yuridik shaxslar uchun — 30-yil;



  • Хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun — 25-yil.


Mazkur farmon yer resurslaridan yanada samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida uzluksiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda fermer va tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish bo‘yicha yangi farmon qabul qilindi