O‘zbekistonda joriy yilning yanvar–iyul oylari davomida ta’lim sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmi 20,5 trln so‘mga teng bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan. Umumiy bozor xizmatlari hajmida ta’lim sohasining ulushi esa qariyb 3,8 foizni tashkil etmoqda.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim yo‘nalishlari yetakchilik qilib, jami hajmning 46,4 foizi aynan shu sohaning hissasiga to‘g‘ri kelgani ta’kidlanmoqda.
Mutaxassislar ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talab yil sayin ortib borayotganini qayd etmoqda. Bu esa mamlakatda bilimga e’tibor kuchayib, sohada raqobat va sifat ko‘rsatkichlari oshib borayotganidan dalolatdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar