date

Malayziyaning Basis Bay kompaniyasi O‘zbekistonda data markaz qurmoqchi

Malayziyaning Basis Bay kompaniyasi O‘zbekistonda data markaz qurmoqchi

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev mamlakatning yirik IT kompaniyalaridan biri — Basis Bay asoschisi va direktorlar kengashi ijrochi raisi Praba Txiagarajax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Praba Txiagarajax ta’kidlashicha, kompaniyasi Malayziya hududida yagona to‘liq milliy rezident ta’sisligidagi ma’lumotlar markazini (data center) barpo etgan. Shu bilan birga, Osiyo mintaqasida ilk bor 2009-yilda ekologik jihatdan toza hamda energiya tejamkor “yashil” ma’lumotlar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ygani bilan ham alohida ajralib turadi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlari, qulay geografik joylashuvi va salohiyati hisobga olingan holda, mamlakatimizda yangi data markaz qurish va bu sohada sarmoya jalb qilish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

— “O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozori va ma’lumotlar markazi qurilishi istiqbollarini chuqur o‘rganish maqsadida yaqin kunlarda mutaxassislarimizdan iborat ishchi delegatsiyani Toshkentga yuborishni rejalashtirganmiz”, — dedi Txiagarajax.

Ma’lumot uchun, Basis Bay kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Malayziyada IT sohasining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Asosiy faoliyati ma’lumotlar markazlari (data centers) va bulutli (cloud) xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan. Hozirda kompaniya Kuala-Lumpur va uning atrofida to‘rtta yirik data markazini boshqarmoqda.

Foto: "Dunyo" AA

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Malayziyaning Basis Bay kompaniyasi O‘zbekistonda data markaz qurmoqchi