date

Bekobod hokimi farrosh, haydovchi, elektriklarni mukofotga loyiq deb topdi

Bekobod hokimi farrosh, haydovchi, elektriklarni mukofotga loyiq deb topdi

Bekobod tumani hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimligida faoliyat yurituvchi oddiy xizmatchilarni — kassir, farrosh, haydovchi, elektrik va kotibalarni bir oylik maoshining yarmi miqdorida mukofotladi.

Hokim 3 oktyabr kuni imzolagan farmoyishga ko‘ra, mukofot puli hokimning birinchi o‘rinbosari E. Imamov taqdim etgan bildirishnoma asosida ajratilgan.

Mablag‘ O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasi hamda 2025 yil uchun tasdiqlangan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida ajratilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, “texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlarini 2025 yilning uchinchi choragida bajargan ishlarini inobatga olgan holda, bir oylik ish haqining 50 foizi miqdorida mukofotlansin”, — deb belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Zaynilobiddin Nizomiddinov avval Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlagan bo‘lib, 2025 yil aprel oyida Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bekobod hokimi farrosh, haydovchi, elektriklarni mukofotga loyiq deb topdi