13:15 / 26.12.2016
7 813

O‘zbekiston bosh archasining chiroqlari yoqildi

O‘zbekiston bosh archasining chiroqlari yoqildi

Bu yil O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi "Lokomotiv-Anxor” bog‘i yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod bo‘lgan bayram maydonining markazida qad ko‘tardi, deb yozadi UZ24.

Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Uning barcha ehtiyot qismlari, hattoki unga bezatiladigan o‘yinchoqlar ham Rossiyadan keltirildi. Archa 10 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016 yil 28 dekabrdan boshlanadi va 2017 yil 8 yanvargacha davom etadi. Yangi yil archalari poytaxtning yana 8 ta maydonida o‘rnatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bosh archasining chiroqlari yoqildi