O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib «GDaryo» xabar berdi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6 oktyabrda qabul qilinib, 12 oktyabrda Senat tomonidan ma’qullangan edi, u 27 dekabrdan kuchga kirdi.
Qonunda «ijtimoiy xizmatlar» tushunchasi «xizmatlarga ehtiyojmand shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hayot sifatini oshirish, unga boshqa fuqarolar bilan teng tartibda jamoat hayotida ishtirok etish va (yoki) o‘z tayanch hayotiy ehtiyojlarini mustaqil qondirish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’lim, tibbiy, reabilitasiya va boshqa choralar» sifatida ta’riflanadi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga yolg‘iz va bir o‘zi istiqomat qilib, birovning yordamiga muhtoj bo‘lgan qariyalar; I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar; ishga layoqati bo‘lmagan yoki layoqati cheklangan fuqarolar; ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklari bo‘lgan shaxslar; etim bolalar va ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalar kiritildi.
Ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy hamrohlik va konsultativ ko‘mak xizmatlari, uyda parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar, muassasalarda kunduzi yoki qisqa vaqt davolanish chog‘idagi ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, internat muassasalaridagi ijtimoiy xizmatlar shaklida taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi