19:09 / 31.12.2016
10 284

Dunyodagi eng qo‘rqinchli joy nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng qo‘rqinchli joy nomi ma’lum bo‘ldi

"Ko‘zdan uyquni qochiruvchi 18 dahshatli joy" ro‘yxati 9gag.com ko‘ngilochar sayti tomonidan taqdim etildi. Transilvaniyada joylashgan Xoyya-Bachu o‘rmoni (Ruminiya bermud uchburchagi deb ham ataladi) ro‘yxatda etakchilik qildi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Ruminiya o‘rmoni butun dunyodagi internet foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi - 20 mingdan ziyod kishi unga "layk" qo‘ygan. Izsiz yo‘qoluvchi kishilar, o‘zga sayyoraliklar, shuningdek ishdan chiquvchi elektronikaga oid ko‘plab afsonalar aynan shu joy nomi bilan bog‘liq.

Shuningdek Fransiyaning Oradur-syur-Glan qishlog‘i ham ro‘yxatdan joy oldi. Bu qishloq 1944 yilning iyunida 642 aholisi bilan qo‘shib nasistlar tomonidan yo‘q qilingan. Hozir u erning o‘rnini vayronalar egallagan.

Irlandiyaning Lip qasri ham mazkur ro‘yxatga kiritildi. Uning egalari - O’Kerrollar dushmanalarini yarashishni bahona qilib, tushlikka taklif qilishgan va ularni o‘ldirishgan. Hech narsadan bexabar mehmonlar zal burchagidagi lyuk orqali zindonga tushgan. U erda o‘tkir qoziqlar bo‘lib, tepadan tashgan mehmonlar omon qolmasligi aniq edi. Uni chetlab o‘tganlar esa qolgan jasadlar orasida o‘lishga mahkum bo‘lgan.

Reytingdan shuningdek Hindistondagi Yantiga shahri ham o‘rin oldi. U erda har yilning sentyabr-oktyabr oylarida yuzlab qushlar o‘z joniga qasd qiladi. Bundan tashqari, Xitoydagi tashlandiq Disneylend, Sinsinnatida (AQSh) oxirgacha qurilmagan metro va Turkmanistondagi "Jahannam darvozalari" nomini olgan gaz krateri ham dunyoning eng qo‘rqinchli joylari sifatida qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dunyodagi eng qo‘rqinchli joy nomi ma’lum bo‘ldi