
Navoiy viloyatida g‘aroyib voqea yuz berdi. Mahalliy tadbirkor uchun bu moliyaviy inqirozga aylanishi mumkin edi.
Savdo nuqtasida sotuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato tufayli, ikki dona qalampir narxi kassada 2 milliard so‘m deb ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, sotuvchi qalampir uchun 20 ming so‘m chek chiqarish o‘rniga xato qilib, 2 milliard so‘mlik chek yaratgan. Bu voqea natijasida savdo nuqtasi uchun ulkan soliq qarzdorligi avtomatik ravishda shakllangan.
Tadbirkor xatoni aniqlab, Soliq qo‘mitasiga murojaat qilib, xato chekka tuzatish talabini bildirgan. Ammo unga rad javobi berilgan.
Mas’ul shaxslar kassada qayd etilgan ma’lumotlar o‘zgartirilmasligini asos qilib keltirishgan. Tadbirkor muammoni sudgacha hal eta olmagach, Navoiy shahar tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qildi.
U hududiy soliq boshqarmasining fiskal hujjatni tuzatishdan bosh tortishini noqonuniy deb topishni talab qildi. Sud yakunida tadbirkor foydasiga qaror chiqarildi.
Soliq xizmati xodimlarining harakatlari noqonuniy deb topilib, bahsli chek bekor qilindi.
Navoiyda ikki dona qalampir narxi 2 milliard so‘mga aylandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar