date

National Geographic Xivani yoritdi


National Geographic Travel’ning Instagram’dagi rasmiy sahifasida Xivaning kechki manzaralarini aks ettirgan ajoyib suratlar e’lon qilindi. Ushbu post butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar tomonidan katta qiziqish va hayrat bilan kutib olindi.

Videoda Xivaning qadimiy arxitekturasi, tungi yorug‘lik ostida ko‘rkam holda tasvirlangan bo‘lib, shahar nega O‘zbekistonning eng chiroyli va fotosuratga mos joylaridan biri ekanligi hamda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilganini yana bir bor eslatib o‘tdi. National Geographic kabi nufuzli xalqaro media tomonidan qilingan bunday chop etishlar O‘zbekistonning turistik imijini yanada mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » National Geographic Xivani yoritdi