
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan yirik savdo-iqtisodiy bitim imzolanganini e’lon qildi. Tramp bu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi uch yil ichida O‘zbekiston AQShning muhim tarmoqlariga — xususan, foydali qazilmalar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo va axborot texnologiyalari sohalariga qariyb 35 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Shuningdek, keyingi o‘n yil davomida bu ko‘rsatkich 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Tramp o‘z bayonotida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “yuksak hurmatli davlat rahbari” deb atab, unga minnatdorlik bildirdi. U ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikni intizorlik bilan kutayotganini ta’kidladi.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yangi bosqichini boshlab berishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!