
2025 yilning dastlabki uch choragida O‘zbekiston Respublikasiga elektrokar importi sezilarli darajada oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi 2,5 barobar ko‘payib, jami 40,3 ming dona elektr transport vositasi mamlakatga olib kirildi.
Import qilingan elektrokarlarning umumiy qiymati 473 million dollarni tashkil etdi. Ular dunyoning 16 davlatidan yetkazib berilgan.
2024 yil yanvar–sentyabr davriga nisbatan olib kelingan elektrokarlar soni 24,1 ming donaga ko‘paydi. Xitoy Xalq Respublikasi asosiy yetkazib beruvchi sifatida 39,8 ming elektrokar bilan o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.
Bundan tashqari, Gonkongdan 249 ta, Janubiy Koreyadan 165 ta, Germaniyadan 43 ta va AQShdan 25 ta elektrokar import qilindi. Qolgan 65 dona elektrokar boshqa davlatlardan olib kirilgan.
Bu tendensiya mamlakatda yengil avtomobillarga bo‘lgan umumiy talabning biroz pasayishi fonida kuzatilmoqda. Xususan, joriy yilning sentyabr oyida 84,6 ming dona avtomobil sotilgan bo‘lib, bu avgust oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 6,4 foizga kam.
Ma’lumot uchun, birinchi elektrokar 1884 yilda britaniyalik ixtirochi Tomas Parker tomonidan yaratilgan. U bunga o‘zi ishlab chiqqan quvvatli akkumulyatorlar yordamida erishgan.
O‘zbekistonda elektrokar importi 2,5 barobar oshdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar