05:14 / 10.01.2017
7 143

Shavkat Mirziyoyev: Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolgan

Shavkat Mirziyoyev: Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolgan

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 5 yanvar kuni Sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Videokonferensiya shaklida tashkillashtirilgan tadbir respublikaning barcha hududlari bilan bog‘langan holda o‘tkazildi, deyiladi Kun.uz sayti ma’lumotida.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida sog‘liqni saqlash sohasi qanchalik muhim o‘rin tutishi, sog‘lom avlod kelajagi aynan shu sohaning samarali faoliyatiga uzviy bog‘liqligi xususida so‘z yuritdi.

"Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati samaradorligi, tezkorligi va sifati umuman talabga javob bermaydi. Shu sababli ushbu xizmat turiga aholidan e’tirozlar juda ko‘p kelib tushmoqda. Masalan, virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarda tez tibbiy yordam brigadalarining kechikib kelishi, mashinalar, yoqilg‘i va dori-darmonlar etishmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada alohida ta’kidlash zarurki, tez tibbiy yordamga murojaatlarning 35 foizi ambulator poliklinika tizimida hal etilishi mumkin. Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolgan. Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tez tibbiy yordam xizmati kechikib kelsa, kasallarning holi nima kechadi?"

Davlatimiz rahbari tez tibbiy yordamning vaqtida ko‘rsatilmasligi natijasida qanchadan qancha bemorlar hayotdan ko‘z yumishi kuzatilayotgani haqida kuyinib so‘zladi. Mazkur tizimning tarkibiy tuzilishini qaytadan ko‘rib chiqish vaqti kelgani ta’kidlandi. Eng yangi tashxis va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiy uskuna va aloqa vositalari bilan ta’minlangan maxsus avtotransportlarni qo‘shimcha ajratish masalasini hal qilish zarurligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: Tez tibbiy yordamga kechikib borish odat tusiga aylanib qolgan