date

“Toshkentda 9 ming lift nosoz” degan xabarlar asossiz

“Toshkentda 9 ming lift nosoz” degan xabarlar asossiz
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Toshkentda 9 mingdan ortiq liftlarda nosozlik aniqlandi” degan xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bu da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, texnik ko‘riklar davomida qayd etiladigan ayrim kamchiliklar liftlarning ishdan chiqqanini anglatmaydi. Ushbu holatlar profilaktik tekshiruv jarayonining bir qismi bo‘lib, foydalanishdagi xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

“Texnik ko‘riklar davomida liftlarning holati doimiy ravishda baholanadi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Bu liftlar ishlamaydi yoki nosoz degani emas”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda poytaxtda liftlar parkini yangilash va texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Vazirlikning ta’kidlashicha, bu ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash va liftlar faoliyatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Toshkentda 9 ming lift nosoz” degan xabarlar asossiz