2017 yildan boshlab Haj va Umra safariga borish tartibiga o‘zgarish kiritiladi. Internet saytlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, joriy yildan boshlab Umra va Haj safariga ilgari ushbu amallarni bajarmagan fuqarolarni yuborish tartibi joriy etiladi. Avval bu amallarni o‘tagan fuqarolar qayta borisha olmaydi. Sof.uz bu ma’lumotni oydinlashtirish maqsadida “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qildi, ammo aniq javob ololmadi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Haj va Umra safarlarini uyushtirish tartibi bo‘yicha O‘zbekistonning Ichki ishlar vazirligi “Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik boshqarmasi”, Din ishlar qo‘mitasi, Musulmonlar idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari hamda O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatlari boshliqlaridan tashkil topgan tuzilma qaror beradi.
Umra — Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlariga ziyoratdir va bu musulmonlar uchun sunnat amali hisoblanadi. O‘zbekistonda yiliga ikki marta – bahor va kuz faslida Umraga safar uyushtiriladi. Umraga boruvchilarni ro‘yxatga olish ishlari yilning 12 yanvaridan 25 yanvariga qadar davom etadi. Ularning birinchi guruhi kelasi oy o‘rtalaridan Saudiya Arabistoniga yo‘l olishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi