9 360
«Toshkent» kanalidagi «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvida qoidabuzar piyodalarga nisbatan ko‘rilayotgan qonuniy choralar haqida hikoya qilinadi
«Toshkent» teleradiokanalidagi «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvi bugun, 19 yanvar kuni soat 21.00 da efirga uzatiladi. Ko‘rsatuvning bu soni qoidabuzar piyodalarga nisbatan ko‘rilayotgan qonuniy choralar haqida. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Yo‘llardagi harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi qonun-qoidalarni pisand qilmagan harakat ishtirokchisiga nisbatan, piyoda yoki haydovchiligidan qat’iy nazar, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘riladi. YHQga amal qilishni istamagan piyoda O‘zRMJTKning 138-moddasiga asosan, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ya’ni eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Qoidani buzgan piyoda yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligini bahona qilib jazodan qochib qolishi ko‘zlashi mumkin. Lekin YPX xodimlariga bu fuqaroning shaxsini aniqlash ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shu hududdagi tuman IIBda fuqaroning shaxsi bir necha daqiqada aniqlandi. Shu hujjat asosida qoidabuzar piyodalar jarimaga tortildilar.
Piyodalar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari, ularni keltirib chiqarayotgan sabablar, yo‘l-transport hodisalari natijasida guldek umrlari bevaqt hazon bo‘layotgan insonlar haqida juda ko‘p gapirilgan. Lekin shunday bo‘lsada, bu mavzu hamon eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Negaki, hamon avtomobil yo‘llarimizda piyodalar goh haydovchilarning, aksariyat o‘zlarining ayblari bilan, ya’ni «Yo‘l harakati qoidalari»ga rioya qilmasliklari, harakatlanish xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzishlari oqibatida hayotdan ko‘z yummoqdalar.
Harakat xavfsizligini ta’minlash, ko‘pgina qoidabuzarliklarni cheklash, demakki harakat ishtirokchilarining jarimaga tortilishlari oldini olish maqsadida yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan panjaralar, ayrim fuqarolarning fikricha, piyodalar bilan bog‘liq YTHga sabab bo‘layotgan ekan. Ko‘rsatuvimizga ham ana shu kabi fikrlarni bayon etuvchi murojaatlar bo‘lganligi sababli biz ijodiy guruhimiz bilan kuzatuv olib borishni lozim topdik. Ilk taassurot bo‘yicha fikr yuritadigan bo‘lsak, haqiqatan ham yo‘lni kesib o‘tishga shaylanib turgan piyoda to‘siq ortida ko‘rinmaydi. Demak, avtomobil boshqarib kelayotgan haydovchi ilk nazarda piyodalar o‘tish joyida odam borligini ilg‘amasligi mumkin. Lekin mana bu chiziqlar va yo‘l belgisi bu joy piyodalar yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishlari uchun maxsus barpo etilganligini ko‘rsatadi.
Haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga kelganda, u erda odam bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, tezlikni kamaytirishi shart. Agarda o‘tish joyida piyoda ko‘rinsa, albatta to‘xtab piyodani o‘tkazib yuborishi kerak. Mana shu kabi vaziyatlar ko‘pincha haydovchi va YP inspektori o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lardi. Chunki avvalgi YHQda haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l berishi shart deb yozib qo‘yilgandi. Shu sababdan ham tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida ko‘chani kesib o‘tishga shaylanib turgan birgina insonga yo‘l berish ulovlarida manzillariga shoshilib ketayotgan haydovchilarga malol kelardi. 2016 yil 1 martdan kuchga kirgan yangi YHQning aynan shu bandiga o‘zgartirish kiritilib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda va piyodalar deb alohida ko‘rsatib qo‘yildi.
Lekin ayrim piyodalar maxsus o‘tish joylari ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan aynan mana shu panjaralar ustida oshib o‘tishni ko‘zlaydilar. Piyodalar bu harakatlari bilan YXKni buzayotganliklarini, haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirayotganliklarini, o‘z hayotlarini jiddiy xavf ostida qoldirayotganliklarini o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Ularni tartibga chaqirsangiz sizdan achchiqlanib, xafa ham bo‘lishadi.
YTHga ko‘proq kim sababchi, piyodami yoki haydovchi? Har birimiz hech bo‘lmasa bir martagina bo‘lsa ham shu savolni o‘zimizga berganimiz aniq. Agarda biz ko‘pchilikni tashkil qiluvchi piyodalar safida bo‘lsak, albatta, mushohadamiz piyodalar foydasi bilan yakunlangan. Aniq faktlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, YTHlar sodir bo‘lishiga sabab-omillar orasida haydovchilarning bir qator qoidabuzarliklari bilan birga YHQini umuman o‘ziga aloqasi yo‘q deb hisoblaydigan piyodalar ham o‘zlariga yarasha o‘rinni egallab turibdilar.
Bu kabi holatlarni namoyish etishni davom ettirish mumkin-u, lekin biz xohlamasdik. Sababi yoqimsiz illatlardan ko‘ra ko‘z quvonar xislatlar haqida gapirish maroqliroq. Yuqorida sanab o‘tilgan xavfli piyodalarga qarshi kurashishning ham foydasi kamroq. Toki o‘zlari xatolarini tushunib etmagunlaricha. Shu o‘rinda YHQga murojaat qilishni lozim topdik. YHQ 5-bandida piyodalarning burch va vazifalari aniq qilib belgilab qo‘yilgan. Lekin afsuski, bu qoidalarni ham piyodalar emas, balki yo‘llarda xavf-xatarsiz harakatlanishni istagan, ko‘zlagan manziliga kutilmagan va albatta ko‘ngilsiz hodisalarsiz etib olishni ko‘zlagan haydovchilar o‘qib, yaxshilab o‘rganib olganlar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi